FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

Moskva viloyatida gaz balloni portlashidan jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 fevral kuni soat 6:55da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazidan Moskva viloyati, Stupino shaharchasi Torbeyevo qishlog‘idagi qushxonasida go‘shtni qayta ishlash jarayonida gaz ballonining portlash natijasida Rossiyada ishlayotgan O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi kuyish bilan bog‘liq tan jarohat olgan. Keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etganligi haqida xabar kelib tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tezkor navbatchisi zudlik bilan tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklarigi hamda O‘zbekistonning Rosiyadagi elchixonasi vakillariga yetkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ishchi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi Stupino shahar shifoxonasidan Moskva shahridagi A.V.Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va N.V.Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirildi.

2018 yil 14 fevral kuni ertalab A.Qarshievning jasadi Moskva shahridan “O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali Toshkent shahriga keltirildi. Ayni paytda A.Qarshievning jasadi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.

 

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech