Moskvaning Fransiya Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 6 oktyabr kuni vazirlikda Favqulodda vazyatlar vazirining birinsi o‘rinbosari Komiljon Aripov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Moskva shahridagi Fransiya Elchixonasining ichki xavfsizlik bo‘yicha attashesi Terri De Vild bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar vazirlikning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati va va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.