Kuni kecha 17-may kuni soat 20:00 da Mo‘ynoq tumani “Zaliv” ko‘lidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Mo‘ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 20:40 da yetib borib, soat 21:05 da bartaraf etilgan (Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 30 km ni tashkil etadi).
Yong‘in natijasida “Zaliv” ko‘lida 0,5 gektar maydonda qamishzor yongan.
Ayni vaqtda yong‘inning sababi aniqlanmoqda.