Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH ZAVODIDA O‘QUV MASHQI BO‘LIB O‘TDI

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan profilaktik tadbirlar va maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Muborak Gazni qayta ishlash zavodining 18-sexida (propan butan olish kurilmasi) o‘tkazilgan yong‘in o‘chirish amaliy maxsus taktik o‘quv mashqida qutqaruvchilar shartli yong‘inni bartaraf etish ishlarini amalga oshirdilar.

Mashg‘ulot davomida tezkor xizmatlarga xabar berish va ogohlantirish, yong‘inni bartaraf etish uchun jalb qilinadigan kuch-vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish harakatlari amaliy tarzda ko‘rsatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech