FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Muddatli harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurishdi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, jasorat, fahr va iftihor tuyg‘ularini teran anglash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli 99951-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Harbiy hizmatchilar eng avvalo el-yurt himoyachisi bo‘lgan fidoyi insonlarga qo‘yilgan go‘zal badiiy obida – “Vatanga qasamyod” monumentini ziyorat qilishdi.

Shundan so‘ng, sayohat muzey zallari bo‘ylab davom etdi. Sayohatchilar ekskursiyani muzeyning qadimgi davrlar va ilk o‘rta asrlar bo‘limidan boshlashdi.

Ayniqsa, askarlarni Amir Temur tarixiga oid eng noyob eksponatlar joylashgan bo‘lim kata qiziqish uyg‘otti. Ular orasida arxeologiya, etnografiya yodgorliklari, tasviriy san’at namunalari, shuningdek, ro‘zg‘or buyumlari, sopol va miss idishlar, o‘sha davr jankchilarining kiyim kechak anjomlari hamda qurol-yarog‘i joy olgan.

Ekskursiya davomida askarlar eksponatlar bilan yaqindan tanishib o‘tmishga hayolan sayoxat qilishdi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech