Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Muhim uchrashuv

            Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazining harbiy xizmatchilari bilan “Tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustahkamlash-huquqbuzarlik profilaktikasi samaradorligining asosiy omilidir” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

            Unda Navoiy harbiy prokuraturasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi. 

            Yig‘ilishni Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi boshlig‘i polkovnik X.N.Zoirov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va  so‘zni Navoiy harbiy prokuraturasi tergovchisi adliya podpolkovnigi Sanjar Baxronovga berdi.

            Shundan so‘ng, Navoiy harbiy prokuraturasi tergovchisi adliya podpolkovnigi Sanjar Baxronov so‘zga chiqib, dastlab joriy yilning o‘tgan davri mobaynida harbiy xizmatchilar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikni buzilish, favqulodda vaziyatlar, yo‘l-transport hodisalari, jinoyat va turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar sodir etilganligi va ushbu salbiy holatlarni  oldini olishga qaratilgan bir qator vazifalarni amalga oshirilishini takidlab o‘tdi. Shundan so‘ng hukumatimizning bir qator ishlab chiqilgan amaldagi qonun va qarorlari to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilib, barcha harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi  qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy nizom” asosida xizmatni olib borishi kerakligini aytib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar” bo‘limidagi moddalar to‘g‘risida tushunchalar berib, harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari haqida ma'lumotlarni o‘qib eshittirdi.

            Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tomonidan tayyorlangan harbiy xizmatchilar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida videoroliklar yig‘ilish qatnashchilarining  e'tiboriga yetkazilib, ko‘rsatib o‘tilgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida harbiy xizmatchilarga tushintirish ishlari olib borildi.

 

Ma'rufjon Xayitov,

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi guruh boshlig‘i katta serjant

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech