FVV ogohlantiradi:
6 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 32-37*S issiq bo‘ladi.

Muhofaza oyligi doirasida

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha mamlakatimiz hududida «Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi» o‘tkazilishi belgilangan. Bu borada Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Qarshi neft bazasida o‘tkazilgan o‘quv mashqida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va davolash muassasalarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida, tezkor xizmat xodimlarining yig‘in vaqtida belgilangan tartibda harakatlanish, sodir bo‘lgan shartli favqulodda holatlarni bartaraf etish hamda avariya joyida jabrlangan insonlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari bajarildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech