FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, airim joilarda yomg'ir yog'adi. Q'oraq'alpog'iston va Xorazm viloyati bo'icha yomg'ir yog'ib, q'orga ailanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'iicha kechki vaq't yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 4-9 C iliq' bo'ladi.

MUHOFAZA OYLIGI DOIRASIDA

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha mamlakatimiz hududida «Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi» o‘tkazilishi belgilangan. Bu borada Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Boshqarma xodimlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir, Qarshi shahridagi “ATLAS” ko‘ngil ochar savdo majmuasi hududida tashkil etildi. Targ‘ibot tadbiri davomida mutaxassislar tomonidan majmuaga tashrif buyuruvchi 500 nafardan ortiq fuqarolar, 10 ga yaqin tashkilot faollari hamda mazkur majmuaning 35 nafar ishchi-xizmatchilariga is gazidan zaharlanish holatlarni oldini olish borasida zarur tasviyalar berib o‘tildi. Tadbirni yanada qizg‘in tarzda o‘tkazish maqsadida qutqaruv asbob anjomlari, qutqaruv texnikalari ko‘rgazmasi tashktil etilib, yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda bu kabi ko‘ngilochar savdo majmualariga fuqarolarimizning tashrifi sezilarli darajada ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bois, soha vakillari tomonidan aholi ko‘p yig‘iladigan jamoat maskanlarida mavsumni betalofat o‘tkazishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazilishi alohida e’tiborga loyiqdir.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech