Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

MUNOSIB E'TIROF

Barchamizga ma'lumki, azaldan xalqimiz me'morchiligi nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Bu kasb bizga ajdodlardan meros. So‘nggi yillarda qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar tufayli bugun qurilish industriyasi milliy iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, aholi turmush farovonligini oshirishda muhim tarmoqlardan biriga aylanib ulgurdi.
Xabaringiz bor, mana uch yildirki, respublikamizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi – «Qurilish sohasi xodimlari kuni» sifatida keng nishonlanmoqda.
Shu bois Sardobada ro‘y bergan noxushlik natijasida talofat ko‘rgan Oqoltin tumanida qaytadan bunyod etilayotgan obyektlarda mehnat qilib kelayotgan quruvchilar Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzaev topshirig‘iga ko‘ra, munosib rag‘batlantirildi.
Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Obid Hazratqulov ham qurilish sohasi fidoyilarini qizg‘in qutlab, 33 nafar mutaxassisga tantanali ravishda qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.
Tadbir ishtirokchilari aholi yashash xonadonlari bilan tanishar ekanlar, o‘z navbatida, fuqarolar ham mana shunday qiyin vaziyatlarda yashash xonadonlarini sifatli qilib qurib berayotgan quruvchilarga va muhtaram Yurtboshimizga o‘zlarining samimiy minnatdorliklarini izhor etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech