Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 20-25 C iliq bo'ladi.

Munosiblar taqdirlandilar

Joriy yilning 6-8 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sport klubida qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida «Qo‘l jangi» bo‘yicha ochiq musobaqa o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya hamda Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakillaridan iborat terma jamoalar ishtirok etishdi.    

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilar o`rtasida sog`lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish, harbiy-professional harakat va usullarini takomillashtirish, qurolli kuchlar tizimida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilarda matonat va qat’iyat kabi ijobiy sifatlarini shakllantirish.

Favqulodda vaziyatlar vazirlik sharafini Qutqaruv kuchlari boshqarmasi  Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O.Safoev, TXQRKTM qutqaruvchisi oddiy askar A.Rixsiboev, qutqaruvchilar D.Raxmatov, I.Sayfuddinov, O.Xushvaktova hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan oddiy askar I.Sotvoldiyevlar munosib ravishda himoya qildi.

Musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoasi munosib qatnashib faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar

Tanlov yakunida O'zbekiston «Qo`l jangi» Federatsiyasi va Mudofaa vazirligi tomonidan musobaqa ishtirokchilari va g'oliblariga tantanali ravishda medallar va esdalik sovg'alar  topshirildi.

FVV Matbuot xizmati

 

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Ozbeksiton Respublikasi Favquloda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instiutida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida davra suhbati otkazildi. Davra suhba…

Is gazidan ogoh bo‘ling!

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yаngiyol tumani Keng kichik MFY Farovon kochasi 12 uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt koz yumgan. Ushbu fojeaga …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech