Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

MUQADDASSAN JON QADAR...

     Joriy yilning 19 dekabr' kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 29-yilligi”, “14 yanvar' - Vatan himoyachilari kuni” bag‘ishlangan hamda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan ushbu ko‘rik-tanlovda shoir va bastakorlar, ijodiy va havaskor badiiy jamolar, ansambllar, yakka ijrochilar, harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchi-kursantlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan maqsad esa harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida ijod qilayotgan shoirlar, kompozitor va bastakorlar hamda yosh ijodkorlarga shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ko‘plab yosh iste'dodlar va musiqiy asarlarning yuzaga chiqarishdan iborat.Qizg‘in va bahs munozalarga boy bo‘lgan ko‘rik-tanlovda saf qo‘shiqlari, estrada qo‘shiqlari, lirik qo‘shiqlar nominasiyalarida jami 44 nafardan ortiq harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida ijod qilayotgan professional va yosh shoirlar, bastakorlar, yakka va ansambl jamoalari qo‘shiq matni va musiqaning badiiy saviyasi, mazmuni, ijrochi mahorati, sahna rejissurasi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.Tanlov natijalariga ko‘ra, estrada qo‘shiqlari yo‘nalishi bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasidan ishtirok etgan FVV Akademiyasining «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiev ijrosidagi jonajon Vatanimizni madh etuvchi «Muqaddassan jon qadar» qo‘shig‘i 2-o‘rinni egalladi.Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga diplom va pul mukofotlari tantanali topshirildi.– Akademiyada tashkil etilgan badiiy-havaskorlik to‘garaklarida biz yoshlar ham doimo faol qatnashib, cholg‘u-asboblarini chalishni hamda turli yo‘nalishlarda yaratilayotgan kuy-qo‘shiqlar sir-asrorlarini mukammal o‘rganib kelmoqdamiz deydi – Akademiyaning 3 – bosqich kursanti Bekjon Dusimov – Albatta bugungi o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda ustozlarimiz ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ham to‘lqinlantirib yubordi. Men badiiy jamoamiz bilan birga kelgusida nafaqat respublika balki xalqaro festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yurtimiz ravnaqini ko‘tarishga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilib qo‘yganman. – Men davlatimiz rahbarining «Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, huquqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir» deya bildirgan muhim iboralarini e'tirof etmoqchiman deydi – kapitan Farhodjon Xojaev – Bugungi o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda turli yo‘nalishda ijod qilayotgan harbiy xizmatchilar va yoshlarning ijodiy yutuqlaridan bahramand bo‘ldik desak muolag‘a bo‘lmaydi va bu tanlov ishtirokchilarning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech