Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

MUROJAATNOMA

Respublikaning ayrim hududlarida elektr ta'minoti tizimida vaqtinchalik uzilish munosabati bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat va yong‘inlarni oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
gaz hamda elektr moslamalarini nazorat qilishingiz va tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yishingizni;
tunda sham, kerosinli lampa va boshqalarni yoqiq holda qarovsiz qoldirmaslikni;
uylarni isitish maqsadida o‘tin, ko‘mir va boshqa muqobil yonilg‘ilardan foydalanishda xonalarni shamollatish choralarini ko‘rishingizni;
gaz ballonlaridan foydalanganda ularni xona ichiga olib kirmaslikni;
vaqtincha ishlatilayotgan elektr va gaz asbob-uskunalarni ishlatishni yosh bolalarga ishonib topshirmaslikni so‘raydi.
Aziz yurtdoshlar, ushbu xavfsizlik qoidalariga amal qilishingiz orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan asraysiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech