Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

MUROJAATNOMA

Respublikamizda elektr ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish vaqtida gaz va elektr tarmoqlarida barqarorlikni saqlash maqsadida, uzilish va qayta ulanish holatlari kuzatilmoqda. Bunday hollarda tarmoqqa ulangan gaz va elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish favqulodda vaziyat va yong‘inlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan gaz hamda elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirmaslik, tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yishni so‘raydi.

Aziz yurtdoshlar, unutmang, ushbu xavfsizlik qoidalariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan asraysiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech