Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Musobaqa g‘oliblari aniqlandi

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shaxsiy tarkib orasida sog‘lom muhitni yaratish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida vazirlik Markaziy apparati hamda tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning mini futbol, stol tennisi hamda shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. 

Mazkur musobaqalarda 800 ortiq shaxsiy tarkib ishtirok etib, musobaqalar yakuni bo‘yicha g‘oliblik va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlar joriy yilning 31 dekabr kuni yangi yil arafasida taqdirlandi.

Jumladan,Mini-futbol bo‘yicha umumjamoa hisobida:

1-o‘rin - Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi; 

2-o‘rin - Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi; 

3-o‘rin - Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo‘nalishi terma jamoalariga nasib etdi. 

Stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida shaxsiy hisobda:

1-o‘rinni Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazidan xizmatchi T.Papova;

2-o‘rinni Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolarini ilmiy-tadqiqot institutidan kapitan N.Nuriddinova;

3-o‘rinni Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazidan xizmatchi G.Ashimovalar egalladilar. 

Stol tennisi bo‘yicha juftlik (miks) bahslarida shaxsiy hisobda:

1-o‘rinni AIQQMdan S.Salixodjaev hamda FVHQBMMdan xizmatchi T.Papovalar juftligi;

2-o‘rinni YoXvaFVMITIdan podpolkovnik O.Xidoyatov va kapitan N.Nuriddinovalar juftligi;

3-o‘rinni MVBRQMdan katta leytenant F.Narpulatov va xizmatchi G.Ashimovalar juftligi zab etdilar.

Shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida shaxsiy hisobda:

1-o‘rin - O‘MTOYoXTTEBdan katta leytenant N.Abduvalievaga;

2-o‘rin - FVHQBMMdan serjant O.Yelchaninaga;

3-o‘rin - AKT,AXBTRBdan serjant B.Inoyatovaga nasib qildi. 

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini chin dildan qutlab qolamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech