Musobaqa yakuniga yetmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Qutqaruvchilar respublika ko`pkurash musobaqasining oxirgi kuni ham o`z nihoyasiga yetdi. Mutaxassislar tayyorlagan mukammal vazifalar, shartlar uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko`rib kelgan qutqaruvchilar tomonidan mohirona tarzda bajarildi. Mazkur musobaqa ularga to`plagan  tajribalarini yana bir bor sinovdan o`tkazishga imkon berdi.

Har bir jamoa amaliy bosqichlarni sifatli va samarali bajarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, shiddatli bahslarda mahoratli qutqaruvchilar musobaqa yo`nalishlariga oid ko`rsatkichlar bo`yicha jamoalararo  yaxshi natijalarni ko`rsatmoqdalar.

Ayni daqiqalarda “Chorvoq” suv omborida suvda qutqaruv yo`nalishining yakuniy bahslari o`tkazilmoqda.  Albatta, musobaqa yakuniga ko`ra, yilning eng yaxshi “G`avvos qutqaruvchisi”, “Eng yaxshi suvda qutqaruv guruhi” ham aniqlanadi.

Musobaqa g`oliblarini taqdirlash marosimi 11 avgust kuni Fuqaro muhofazasi institutida bo`lib o`tadi.