Respublikamiz bo‘ylab saqlanib turgan sovuq ob-havo tufayli suv havzalarining suvlari muzlab qolganligi holati kuzatilmoqda. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholining xavfsizligini ta'minlash maqsadida, profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlarni o‘tkazish davrida muzlagan suv havzalarida o‘ynayotgan voyaga yetmagan bolalar, baliq ovlash bilan shug‘illanayotgan fuqarolar hamda suv havzalari yaqinida yashovchi aholi bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Suhbatlar chog‘ida suv havzalarining muzlagan qatlami yorilib ketish ehtimoli borligi va bu inson hayoti uchun xavfli ekanligi tushuntirilmoqda.
Muzlagan suv havzalarida bo‘lish hayot uchun xavfli...
- Qo'shildi: 25.01.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 2318