Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Nabira bobosidan xavotirlanib qutqaruvchilarni chaqirdi

Joriy yilning 9 may kuni saat 8:35 larda Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Xamidulin.A., qo‘ng‘iroq qilib, uy eshigi yopilib, uyiga kira olmayotganligi hamda ichkarida qolgan bobosi sog‘ligidan xavotir olayotganligini bildirib yordam so‘ragan.

Olingan xabar asosida qutqaruv otryadi ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan etib borishib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xonadon ichkarisiga kirishib fuqaro F. Islomovni polda yiqilib yotgan xolda  topishdi. Qutqaruvchilar nabiraning bejiz xavotir olmaganligiga guvoh bo‘lishdi, jabrlanuvchi F. Islomovga qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va keyinchalik davolanish uchun tuman tibbiy yordam markaziga yuborildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech