Namangan va Samarqand viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish funksiyasiga ega xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish korxonalarida “Kuchli ta'sir etuvchi zaxarli modda atrofga tarqalishi bilan bog‘liq avariyalarni bartaraf etishda ob'ekt Fuqaro muxofazasi va tuman favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari xizmatalari bilan hamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqlari uch bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda esa ishlab chiqarish korxonasida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda ob'ekt rahbariyati, tuzilmalar va FVDqTga kiruvchi tuzilmalarining harakatlari, ya'ni ishchi-xodimlari xavfsiz hududlarga evakuasiya qilinish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va favquldda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Yakuniy bosqichda bajarilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.