FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

NAMANGAN VILOYATI FVB QUTQARUVCHILARI TOMONIDAN KO‘P QAVATLI UYDAGI YONG‘IN BARTARAF ETILDI, MILLIY GVARDIYA XODIMLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIKDA FUQAROLAR EVAKUASIYA QILINDI

Hodisa 8 iyul kuni ertalab soat 04:00 lar atrofida Namangan viloyati Uychi tumanida yuz bergan. Ushbu vaziyat Beruniy ko‘chasida joylashgan 13-sonli ko‘p qavatli uyda, elektr tokining qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib,  yong‘in 20 kv.m maydonni qamrab olgan.

Qisqa vaqt ichida voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in va qutqaruv guruhlari yetib keldi. Yong‘inni o‘chirish bilan bir qatorda, zinapoyadagi tutun sababli chiqa olmagan yuqori qavatdagi fuqarolar xavfsiz hududga evakuasiya qilindi. Ularning bir qismi yong‘in o‘chirish narvoni yordamida tushirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi xonada yashovchi fuqarolar maxsus himoya kostyumlari yordamida olib chiqildi. Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdilar. O‘z vaqtida, tezkor va samarali olib borilgan harakatlar natijasida hodisadan jabrlanganlar yoki jarohat olganlar qayd etilmadi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech