Bugun, 30-dekabr' kuni "Yangi yil" bayrami munosabati bilan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qosimali Axmedov, viloyatga Ichki ishlar vazirligidan biriktirilgan mas'ul xodim va FVDT xizmatlari tomonidan Namangan shahar “Sardoba” MFY joylashgan "MEGAPOLIS" savdo markazi hamda "Shodlik" savdo markazlarining ishchi-xizmatchilari bilan sodir bo‘lishi mukin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida dastlabki yong‘in o‘chirish vositalarini foydalanish tartibi, binoning evakusiya qutqaruv yo‘llari ochiqligi, yong‘indan darak beruvchi xabargoxlar bilan jihozlanganligi va ichki yong‘in o‘chirish kraknlari kerakli yong‘in o‘chirish qurollari bilan jihozlanganligini ko‘rib chiqib bayram kunlari binoda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan kerakli yo‘riqnomalar berildi.
Bu boradagi tadbirlar Namangan shaxar va barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.