FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Namangan xalqaro Aeroportida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni “Namangan xalqaro Aeroporti” MChJda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar hamkorligida ““Namangan xalqaro Aeroporti” MChJ negizidagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi hamda tegishli xizmatlar kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, dastlabki bosqichida FVDqTga kiruvchi idora va tashkilotlarning shaxsiy tarkibi, ularga biriktirilgan texnika, asbob-anjomlarning shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda avariya-qidiruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar, jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuansiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot muassasasiga yuborish tadbilari bajarildi.

O‘quv mashqi yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech