Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Namangan yoshlari: Favqulodda vaziyatlar mening tasavvurimda

     Хabaringiz bor, respublikamiz hududida joriy yilning 25 noyabr' kunidan 25 dekabar' kuniga qadar “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi”ni o‘tkazilishi e'lon qilingan. Shu munosabati bilan Namangan shahrida joylashgan Barkamol avlod bolalar maktabida viloyat FVB hamda HTB bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar- Mening tasavvurimda” nomli rasm chizish tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tanlovda viloyatimizning barcha o‘vuqchi yoshlar ishtirok etishdi.

    Ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan musobaqada o‘quvchi yoshlar favqulodda vaziyat yuzaga kelganda har doim yordamga shay bo‘lgan qutqaruvchilarning turli ofatlarva boshqa noxush xolatlarda qay tartibda ish olib borish jarayonlarini o‘z tasavvurlarida mahorat bilan tasvirlashga harakat qilishdi.

    Shu bilan birga tanlov ishtirokchilariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qidiruv, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari va texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Yakunda g‘oliblar viloyat FVB va HTB tomonidan qimmatbaxo estalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech