FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

Namanganda kichik hajmli kema egalari uchun amaliy seminar tashkil etildi

Kuni kecha, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahar Navbahor MFY hududida joylashgan “Irvadon soy bulog‘i” MChJga qarashli bo‘lgan sun'iy ko‘lda “Ichki suv havzalarida kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, kema haydovchisi guvohnomalariga ega bo‘lish tartibi, suvda cho‘kkan odamni qutqarish hamda cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan qatnashchilar va kema haydovchilariga kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazish, kemalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etish kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga suvda cho‘kayotgan odamni qutqarish hamda unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mashg‘uloti ham amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech