Avval xabar berilganidek, joriy yilning 25 noyabr kunidan 25 dekabr kuniga qadar “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Xususan, oylik doirasida Namangan viloyati Namangan shahri “Ilg‘or” mahallasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, jumladan, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, botulizm kasalligi va boshqa shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda savdo bozorlaridan iborat 613 ta maskanlar o‘rganildi.
Bunda 1359 nafar fuqarolarga tushuntirishlar berilib, bukletlar, eslatmalar tarqatildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutaxasislar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.