Joriy yilning 18-20 noyabr' kunlari Namanganda viloyat FVB hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi korxona, tashkilotlar bilan birgalikda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila natijasida ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni o‘z vaqtida, samarali bartaraf etish borasida shaxsiy tarkiblar hamda kuch-vositalarning shayligi amalda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan mashq doirasida barcha ishtirokchilarga texnika hamda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.