“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” oyligi doirasida FVV Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahrida joylashgan “Prezident maktabi”da tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga zilzila o‘zi nima, u qanday ro‘y beradi, uning salbiy oqibatlari va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish xususida keng tushunchalar berilib, amaliy tarzda ko‘rstib o‘tildi.
Tadbir yakunida o‘quvchi yoshlar uchun qidiruv, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.