FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Navbatdagi insonparvarlik yordami Afg‘onistonga jo‘nab ketdi

Bugungi kunda butun dunyoni koronavirus infeksiyasi birdek tashvishga solmoqda. Mana shunday sinovli kunlarda nafaqat o‘z xalqining, balki qo‘shni davlatlarning ham taqdirini o‘ylab, do‘stona yordam qo‘lini uzatish o‘zbek xalqiga xos ezgu fazilatlardan biridir.
Ayni maqsadda, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasiga koronavirus infeksiyasini bartaraf etishda ko‘maklashish maqsadida, jami 600 tonnadan iborat insonparvarlik yordami yuborildi. Unda oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi tibbiy vositalar va bolalar uchun kiyim-kechaklar jamlangan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu mas'uliyatli vazifani tashkillashtirish va o‘z joyiga yetkazishni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech