FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Navoiy Davlat Konchilik institutida profilaktik tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishga asosan aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlarida tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘i yoki neft' mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishda baxtsiz xodisalarning oldini olish hamda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini ta'minlash borasida dahldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi va uning quyi tizimlari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan Navoiy Davlat Konchilik instituti yotoqxonasida talabalar bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda soha xodimlari tomonidan talaba yoshlarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda nimalarga e'tibor berish zarurligi, uni oldini olish choralari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida muassasa hududida yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalarining ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazilib, ishtirokchilariga yong‘in va is gazidan ogohlantiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech