FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” dusturiga muvofiq joriy yilning 4 iyun kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi,  viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqaramasi, Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligining rahbar va xodimlardan “Ishchi guruhi” shakllantirilib Toshkent shahar, Sergili tumanining 39 ta mahallalarida yashovchi aholining ijtimoiy ahvoli, turmush tarzi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, uzoq yillar davomida nogironligi sababli nogironlik aravachasiga muxtoj 10 nafar fuqarolarga, joriy yilning 15 iyun-“Ramazon ha’yiti” bayrami munosabati bilan, Navoiy viloyat hokimi Q.Tursunov tomonidan taqdim etilgan 10 dona nogironlik aravachasi topshirildi.

Shuningdek, Navoiy viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan “Ittifoq” MFY 30 uy 22 honada yashovchi II guruh nogironi L.Mametovaning honadoni o‘z hisobidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2 xonalik xonadonni ta’mirlash 12 iyunda boshlandi va 15 iyunda, “Ramazon ha’yiti” bayramida ta’mirdan chiqarildi.

Xonadonda ta’mirlash ishlari olib borilgan davrda uy egasi L.Mametova Toshkent Tibbiyot Akademiyasida davolinib qaytdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan ko‘p qavatli uylar yonidagi ta’mirtalab bolalar maydonchalari va yangi quriladigan bolalar maydonchalari uchun Navoiy viloyatidan 5 ta yuk avtomashinalarida 120 tonna qizilqum olib keltirildi.

Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda Navoiy viloyatidan kelgan 26 nafar FVB xodimlar kecha-kunduz mexnat qilishmoqda. Sergeli tumanida “Obod mahalla” dasturi yuzasidan o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech