Mazkur hodisa bugun soat 08:00 da Navoiy viloyati Karmana tumani “Dehqon” MFYda sodir bo‘ldi.
Aniqlanishicha, olib borilayotgan qurilish obyektida ishchi-xodim S.Z.ning ustiga beton plita qulagan. Buning oqibatida fuqaro beton ostida qolib ketgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlar darhol qutqaruv xizmatiga xabar bergan.
Olingan xabar asosida viloyat FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, qisqa vaqt ichida beton plita ostida qolgan quruvchini chiqarib olishgan. Oyog`idan jarohatlangan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilib, Karmana tumani Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan qurilish obyektlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so`rab qoladi.