FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

NAVOIY VILOYATI FVB: XIZMAT SIFATINI OSHIRISHDAGI IMKONIYATLAR

Yurtimizda har bir sohaning rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar ko‘pgina sohaning tubdan o‘zgarishiga zamin yaratdi. “Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun!” tamoyili jamiyatimizning barcha sohalarini modernizasiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning bosh g‘oyasiga, asosiy maqsadiga aylandi.
Albatta, bunday islohotlar Favqulodda vaziyatlar tizimida ham izchil davom ettirilmoqda. Bu esa tuzilmalarning faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq va ekspertiza qilish markazi yangidan tashkil etilgan.
Bugungi kunda ushbu markazga o‘z xizmat faoliyatidan kelib chiqqan holda, viloyatda sodir bo‘ladigan katta va murakkab, uzoq davom etuvchi hamda o‘ziga xos yong‘inlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qilish, sodir bo‘ladgan yong‘in sabablarni aniqlash uchun yong‘in-texnik ekspertizalar o‘tkazish bo‘yicha alohida vazifa yuklatilgan. Ushbu vazifani bajarish, xususan, markaz navbatchi xodimlari hamda dala asbob-anjomlarini voqea joyiga yetkazib borish uchun zamonaviy maxsus-tezkor avtomobilga ehtiyoj tug‘iladi, albatta.
Ayni zarurat inobatga olingan holda, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan viloyat boshqarmasida mavjud bo‘lgan “Gazel-27005” rusumli maxsus avtomobili qayta to‘liq ta'mirlanib, zarur jihoz hamda uskunalar bilan ta'minlangan holda markaz xodimlariga topshirildi.
Shubhasizki, bu kabi imkoniyat va e'tibor, avvalo, xizmat sifatini yaxshilash, shuningdek, holat va hodisalarni samarali tahlil qilishda muhim omillardan bo‘ladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech