FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida o‘quv mashg‘uloti

“Boshqaruv organlari, FVDTning quyi tizimlari bilan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mazusiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tdi.


O‘quv mashqi 3 bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, unda tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tuman FVDqT rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish, ko‘rilgan zarar miqdorini kamaytirish bo‘yicha fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari kuch va vositalarining qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkillashtirish tadbirlari amalga oshirildi.


Tadbir so‘nggida mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech