FVV ogohlantiradi:
15 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 0-5C iliq buladi

Navoiy viloyatida ilon zararsizlantirildi

2019 yilning 22 iyun kuni soat 16:30da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Navoiy shahar G`alaba shox ko`chasida istiqomat qiluvchi A.A tomonidan uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan, ilon chaqishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, navbatchi guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi.

Qutqaruvchilar tomonidan xonadon sinchkovlik bilan tekshirib chiqildi. Natijada, fuqarolar hayotiga xavf soluvchi ilon topildi va aholi punktidan uzoqroq bo`lgan joyga qo`yib yuborildi. Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech