Joriy yilninig 6-fevral kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Toshqinga qarshi hududiy komissiya a’zolari, shuningdek tuman va shaharlar FVB boshliqlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida Hukumat komissiyasi tomonidan yuklatilgan topshiriqlar bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar taqsimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda 1 - 4 fevral kunlari joylarda FVDqT funksional xizmatlari tomonidan sel-toshqinga qarshi amalga oshirilgan tadbirlar tahlili hamda fevral oyi davomida olib boriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek viloyat hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar muhokama qilindi hamda aholi va hududlarni gidrometeorologik hodisalar, geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.