Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholi turar joylarida va ijtimoiy soha ob'ektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is va tabiiy gazdan zaharlanishi, quturish kasalligi hamda boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida respublikamiz bo‘ylab qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tashkil etilgan tadbir ham ayni shu maqsadga qaratildi. Unda bir nechta ishchi guruhlar tomonidan joylarda reyd tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchliklar joyida bartaraf etilib, kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz bo`ylab davom etmoqda.