FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Navoiy viloyatida sel hodisasi kuzatildi

Joriy yilning 13 may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonаdon qisman zarar ko‘rgan. 

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuasiya qildi. 

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech