Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Navoiy viloyatida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham profilaktika kuni munosabati bilan quz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida salmoqli tadbirlarni amalga oshirdi.

Kunning birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyat Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda Navoiy shahrining Yoshlar markazi binosi yonida joylashgan maydonda  ko‘rgazmali o‘quv mashqi o‘tkazildi. Viloyat Fuqaro muxofazasi boshlig‘i – viloyat hokimi K.Tursunov  o‘quv mashqida ishtirok etib, tadbir davomida FVDqT xizmatlari kuch va vostilalaring mavsumga tayyorgaligi, kuz-qish mavsumi uchun yaratilgan ko‘mir va suyultirilgan gaz balonlari zahirasi holatini ko‘zdan kechirdi.

Tadbir doirasida viloyat xokimining topshirig‘iga asosan xalq qabulxonasi, FVB, IIB, Elektr tarmoqlari va Gaz ta’minoti hududiy filiali xodimlaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, shahar-tumanlar kesimida aholi xonadonlari, ta’lim muassasalari, bolalar uylari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini yana bir bora o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Shuningdek FVB tomonidan profilaktik-targ‘ibot karvoni tashkil etilib, ovoz kuchaytirgichlar yordamida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech