Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Navoiyda baxtsiz hodisa tufayli jiddiy jarohat olgan ustaga yordam ko‘rasatild

21-noyabr kuni soat 10:30 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Navoiy shahri S.Ayniy ko‘chasida issiqlik quvurini ta’mirlayotgan 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.E o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida uch metr chuqurlikdagi beton yerto‘laga tanasining orqa qismi bilan yiqilganligi haqida xabar qilgan.

Tezkor ma’lumotga asosan voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv otryadi qutqaruvchilari va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. Olingan tan jarohati natijasida mustaqil harakatlana olmayotgan G‘.E maxsus tibbiyot zambiliga joylashtirilgan va arqonlar yordamida yerto‘ladan olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech