Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish va isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida kun-u tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda.
Tadbir davomida soha xodimlari aholi yashash xonadonlari, qurilish obyektlari, tunda insonlar qoluvchi maskanlar, savdo markazlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari, isitish qozonxonalarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etish, is gazidan zaharlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida fuqarolarga atroflicha tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.
Bu kabi amaliy tadbirlar viloyatning barcha hududlarida olib borilmoqda.