FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Navoiyda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Binodan isonlarni evakuasiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inni bartaraf etish, avariya-tiklash ishlari... Bu kabi qator amaliy harakatlar Navoiy shahri Navbahor tumanida joylashgan tibbiyot muassasalaridan birida tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida izchillik bilan amalga oshirildi.

Tadbirga Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimga kiruvchi xizmatlarning quyi tuzilmalari kuch-vositalari jalb qilindi. Har bir bo‘linma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddaladi. Mashq jarayonlarida mahalla aholisining ham faol ishtiroki ta'minlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech