Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

NAVOIYDA O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

     Kuni kecha, Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o‘tuvchi “Qizilqum halqa” avtomobil' yo‘lining “Qoraqarg‘a” dovonida “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda FVDT xizmatlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

     Tog‘ dovonida qishki mavsumda harakat xavfsizligini ta'minlashda doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarning amaliy harakatlarini tekshirish va muvofiqlashtirish, avtoulovlar qatnovi uzluksizligini ta'minlash borasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, qor va harakatlanishga ta'sir etuvchi boshqa omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash o‘quv mashqining maqsadi etib belgilandi.

     Tadbir tog‘ dovonida tayyorgarlikdagi xizmatlar shaxsiy tarkibi va texnikalarining saf ko‘rigi, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda avariya-qutqaruv, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi bosqichlarda o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech