FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Navoiyda ovqatdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

Navoiy viloyati FVB tomonidan botulizmdan ogoh bo‘lish va bu borada keng targ‘ibot tadbirlarini olib borishni ta’minlash maqsadida Qiziltepa tumanidagi 3-sonli Musiqa va san’at maktabida “Ovqatdan ommaviy zaharlanishlarning oldini olishda FVDT mas’ul xizmatlarini harkatlari” mavzusida ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining laboratoriya bo‘limlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor ovqatlar tarkibini o‘rganish va ulardan namunalar olish hamda oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan idishlardan surtmalar olish tartiblari va laborator tekshirish usullari amalda ko‘rsatib o‘tildi.

Ko‘rgazmali seminarda maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari, bozorlar  ma’muriyati, QVP hamshiralari jalb etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech