FVV ogohlantiradi:
7 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Navoiyda vazirlik tashkil topganining 24 yilligi munasabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

Kuni kecha Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida, 4 mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 24 yilligi munosabati bilan boshqarmada xizmat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Ikki kun davom etgan musobaqada boshqarmaning harbiylashtirilgan va kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismlarining 15 ta jamoalari o‘rtasida sportning to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 4x100 metrli estafeta, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling va voleybol turlari bo‘yicha bellashdilar. Yuqori saviyada tashkillashtirilgan musobaqaning Sport to‘sinda tortilish turi bo‘yicha Uchquduq tumani FVB, 100 metrga yugurishda “Navoiyazot” FVB; 4X100 metrli estafeta turi bo‘yicha boshqarma yong‘in qutqaruv qismi, Arqon tortish turi bo‘yicha boshqarma yong‘in qutqaruv otryadi, Tosh ko‘tarish turi bo‘yicha Uchquduq tumani FVB, Armrestling turi bo‘yicha Navoiy shahar FVB, Voleybol turi bo‘yicha Konimex tumani FVB jamoalari eng yuqori natijalarga erishishdi.Musobaqa yakuni bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar va faol ishtirokchilar faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech