Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 avgust kuni ob-xavo o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shaqgan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 (54-72 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 30-35 C issiq bo'ladi.

NAVOIYDA YONGʻIN OʻCHIRUVCHILAR OʻRTASIDA OʻZBEKISTON ChEMPIONATI BOʻLIB OʻTMOQDA

Joriy yilning 8-avgust kuni Navoiy shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi mezbonligida Yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha Oʻzbekiston Ochiq chempionatiga start berildi. Dastlab “Yoshlar markazi”da chempionatning qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, musobaqa ishtirokchilari sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yongʻin xavfsizligi boshqarmalarining terma jamoalari aniqlandi. Jamoalar ishgʻol qilish narvonida oʻquv minoraning 4-qavatiga koʻtarilish, 4x100 metrli yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi, 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish va yongʻin oʻchirish avtomobili orqali jangovor yoyilish shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashadi.

Shu kuni NKMK Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi hududida chempionatning 1-turi – ishgʻol qilish narvonida oʻquv minoraning 4-qavatiga koʻtarilish sharti oʻtkazildi. Hakamlar tomonidan baholanib, qizgʻin va murosasiz davom etgan bellashuvda Qashqadaryo terma jamoasi 1-oʻrin, Navoiy terma jamoasi 2-oʻrin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Bugun 9-avgust kuni erta tongdan “Sugʻdiyona” oʻyingohida chempionatning dastlabki turi kuzatuvchilarning saf koʻrigi boʻlib oʻtdi. Bundan soʻng musobaqaning 2-turi – 4x100 metrli yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi oʻtkazildi. Uning natijalariga koʻra, 1-oʻrin Navoiy, 2-oʻrin Qashqadaryo va 3-oʻrin Buxoro viloyati terma jamoalariga nasib etdi.

Kunning ikkinchi yarmida muhtasham “Sugʻdiyona” oʻyingohida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jamoalar qolgan shartlar boʻyicha oʻzaro bellashadilar.

Saytimizni kuzating va Yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha Oʻzbekiston Ochiq chempionati tafsilotlari bilan tanishib boring!

O'xshash yangiliklar

Қудуқга тушиб қолган ит чиқариб олинди

Жорий йилнинг 20 август куни соат 13:35да Жиззах вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси навбатчилик қисмига, Жиззах шахар Кўтарма МФЙ Х.Дўстлиги кўчаси 2-уйда истиқоат қилувчи фуқаро Б.Ҳ. томонидан, …

Hashar elga yarashar

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini otkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalg…

Ўз вақтида ёрдам кўрсатилди

Жорий йилнинг 15 август куни Тошкент шаҳар Фавқулодда вазиятлар бошқармасининг навбатчилик қисмига соат 14:34да Миробод тумани Фарғона йўли кўчасида Дамас, Жигули ва Ласетти русумидаги автомобиллар иш…

Навоий вилоятида туман Фавқулодда вазиятлар бўлимларининг моддий-техник базаси мустаҳкамланмоқда

Бугунги кунда мамлакатимизда фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва уларни бартараф этиш соҳасида кенг кўламли ислоҳотлар олиб борилмоқда. Дарҳақиқат, республикамизнинг олис ҳудудларида юзага келиши му…

Ангрен шаҳрида футбол мусобақаси ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 28 йиллигини кенг нишонлаш, муносиб кутиб олиш мақсадида Жонажон Ўзбекистоним, мангу бўл омон! шиори остида, жорий йилнинг 12 август куни Ангрен шаҳрида…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech