Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida, FVV Akademiyaning 12 nafar professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib keldi.

Ular - kursantlarning hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida “Tuzilmalarda xizmat va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish bo‘limi katta ofitseri” va “Yong‘in nazorati va profilaktikasini tashkil etish bo‘limi bosh inspektori” lavozimlarida Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) oldi amaliyoti oʻtash ishlarini tashkillashtirdi.

Bundan tashqari, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkolikda Akademiya professor-o‘qituvchilari mayor Q.Yakubov va mayor N.Faxriddinovlar Andijon viloyati “UzAvto” AJ, Namangan viloyatidagi “To‘raqo‘rg‘on IES” AJga, Farg‘ona viloyati “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJga, polkovnik A.Tishabayev podpolkovnik I.Talibdjanovlar Buxoro viloyati “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY OOO” korxonasi, Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJlarga, mayor Sh.Asamov va mayor J.Bolikulovlar Sirdaryo viloyati “Farxod GES” Jizzax viloyati “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ, Samarqand viloyati “SamAvto” MCHJ korxonalariga, podpolkovnik S.Jumayev va professor R.Boltaboyevlar “GTL Uzbekistan”, “Sho‘rtangazkimyo” hamda “Sultan tekstil” korxonalariga Surxondaryo viloyatida joylashgan “Olmaliq tog’-metallurgiya” AJ qoshidagi “Xondiza” kon-boyitish korxonalariga podpolkovnik Sh.Muxamedov va mayor O.Tulaganovlar Toshkent viloyatidagi “Maxam-Chirchiq” AJga hamda Toshkent shahrida joylashgan “Tashkent city”ga, podpolkovnik O‘.Abdusharipov va mayor M.Usmonovlar Xorazm viloyati “UzAvto” AJ Xorazm filialiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Ustyurt gaz kimyo majmuasi” MCHJ QK va “Taxiatosh IES” AJ korxonalariga o`rganish ishlari tashkil etdi va ular to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, muhandis-texnik tavsifi, maskan texnologik jarayoni va elektr ta’minotining qisqacha tasnifi bilan tanishildi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida faoliyati bilan tanishildi.

  • Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi boshlig‘i, 
  • texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 
  • dotsent Sayfiddin Jumayev 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech