Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

«NESTONE» turar joy kompleksida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot

Hodisa bugun soat 10:02 da Olmazor ko‘chasi 1/A-uyda joylashgan «NESTONE» turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha u yerdagi 2 kv.m maydonda penoplast yongan.

Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni baratraf etganlar.

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech