Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19-mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'adi, momoqaldiroq bo'lishi mumkin. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20C iliq bo'ladi.

“NEXT” ko‘ngilochar savdo majmuasida o‘quv mashqi o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Respublikamizda favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan ko‘plab amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlarning biri poytaxtimizda joylashgan «NEXT» ko‘ngilochar savdo majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot g‘oyasiga ko‘ra majmuaning uchinchi qavatida shartli ravishda yong‘in chiqib, aholini zudlik bilan binodan evakuatsiya qilish boshlandi. Majmua xodimlari ko‘rsatmaga asosan nafaqat tez, balki, to‘g‘ri yo‘nalishlarda binonоdan fuqarolarni evakuatsiya qilishdi. Qutqaruv otyadi esa voqea joyiga yetib borib, binoda qolib ketgan fuqarolarni qidirishga kirishdilar. Tezkor sa’y-harakatlar bilan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va ular xavfli hududdan olib chiqildi. Yong‘in sabab 3-qavatdan tushishning imkoni bo‘lmaganligi tufayli majmuaga tashrif buyurganlar va jabrlanganlarni 4-qavatning tomi orqali maxsus qutqaruv anjomlari yordamida evakuatsiya qilindi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish va bu boradagi bilim-ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.

 

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 14 mart kuni Ozbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida tadbir otkazildi. Mazkur tadbir Harbiy prokuratura bilan ha…

Tadbirkorlar diqqatiga!

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Kenes mahalla fuqarolar yigini hududidan oqib otuvchi Qizilsoy soyi ozanini tozalash jarayonida qum-shagal materiallarini qazib olish boyicha tayyorlangan loyih…

FVV tizimida yangi tayinlovlar

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida bir qator harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlandilar. polkovnikMuxitdinov Muxtor Yashnarovich Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech