FVV ogohlantiradi:
30 noyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 12-17*S iliq bo'ladi.

Noqulay ob-havo oqibatlari bartaraf etilmoqda

2021 yilning 6-7 may kunlari Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari kuzatildi.
Tabiiy ofat oqibatida Andijon viloyati “Qirg‘iz” kanali orqali oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ko‘chalar orqali 278 ta turar-joylarning yashash xonadonlari va hovlisiga kirgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Xonabod shahar, “Teyit” MFY, Qorabog‘ish ko‘chasida yashagan 2 nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadlari FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan topilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir sababli Pop tumani “Vodiy” MFY hududida sel oqimlari kuzatilib, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4P-125 “Namangan-Toshkent” avtomobil' yo‘lining 15-16 km.da yo‘l yoqasining yuvilishi, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103-106 km.da temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan. Shu bilan birga, “Yangiobod” va “Vodiy” MFYdagi 25 ta aholi tomorqalariga ham yomg‘ir suvlari kirgan. Ayni paytda avtomobil' va temir yo‘llarining zarar ko‘rgan qismidagi avariya-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” QFY va “Uchyog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Elobod” MFYdagi 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.

Hozirda mahalliy hokimliklar hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Transport, Energetika vazirliklarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech