Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Norin daryosining yemirilgan qismida olib borilayotgan qirg‘oq mustahkamlash ishlari bo‘yicha yangi tafsilotlar

Avval xabar berilganidek, Namangan viloyatining Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosining chap qirg‘og‘i yemirilgan. Zudlik bilan FVV xodimlari FVDT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda dambani tiklash ishlariga kirishdilar. Hozirda Bosh vazir o‘rinbosari O.J.Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida daryoning yemirilgan qismida qirg‘oq mustahkamlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, ushbu tadbirlarga FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralarning 381 nafar ishchi va xodimlari, 112 ta maxsus texnika vositalari jalb etilgan bo‘lib, ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlarining oldini olish hamda yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida 990 m³ xarsangtosh va 765 m³ shag‘al ishlari amalga oshirildi. Vaziyat nazoratga olingan va dambani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar yetkazib berilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech