FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

Norin tumanida aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik qurilmoqda

Ayni kunlarda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan o‘zaro hamkorlikda Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo o‘zani uzra vaqtinchalik ko‘prik qurish ishlari boshlab yuborildi.
Ma'lumot o‘rnida qayd etish joizki, Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan «Norindaryo» ko‘prigida bundan 2-3 oy avval darz ketish alomatlari aniqlanganligi sababli unda harakatlanish to‘xtatilgan edi. Mazkur ko‘prik 1962 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda minglab fuqarolar ish, o‘qish, bozorga borish hamda boshqa ehtiyojlar uchun daryoni qayiq orqali kesib o‘tib o‘tmoqdalar.
Bu esa Norin tumani aholisining viloyat markazi va boshqa tumanlar bilan o‘zaro aloqalari yo‘lida jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy Harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Norin tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, shuningdek, Norin tuman hokimligi, ko‘ngillilar tomonidan o‘zaro hamkorlikda maxsus texnikalardan foydalangan holda
20 metr masofada damba tashkil etildi.
Shuningdek, Sharqiy Harbiy okrug qo‘shinlari muhandislik qo‘shinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida uzunligi 40 metr, eni 308 metrdan iborat vaqtinchalik ko‘prikni barpo etmoqdalar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech